“Ochiq byudjet” platformasi maktab muammolarini yechishda qoʻl keldi

11:51 13 Yanvar 2023 Jamiyat
856 0

Foto: Xalq so‘zi

Yaqin – yaqinga qadar Gʻijduvon tumanidagi 22- umumtaʼlim maktabi joylashgan binoning yon-atrofi ochiq boʻlib, bilim dargohi rahbariyati oldida eshik va derazalarni zamonaviysiga almashtirish, sport zalining yaroqsiz holga kelayozgan polini yangilash muammosi turardi.

Maktab jamoasi 2023-yilga ushbu masalalar yechimini topgan holda qadam qoʻydi. Aniqroq qilib aytganda, taʼlim maskani atrofi chiroyli dizaynli panjara bilan oʻrab olindi. Eskirganlari oʻrniga yangi eshik va derazalar oʻrnatildi. Maktab sport zalining poli yangilanib, oʻgʻil – qizlarning mashgʻulotlarni toʻlaqonli oʻtishlari uchun sharoit yaratildi.

Maktab direktori Jahongir Jalilov buni pedagogik jamoa, ota – onalar va mahalla ahlining hamjihatligi natijasi deb hisoblaydi. Gap shundaki, ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi “Ochiq byudjet” platformasi orqali yaratilgan imkoniyatdan oqilona foydalandi. 2022-yilgi ikki mavsumda faol qatnashilgani ortidan dastlab maktab atrofini oʻrab olish uchun 350 million soʻm, qolgan muammolarni hal etish uchun esa 400 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishiga erishildi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер