Obodlik bor joyda rivojlanish bor

11:41 10 Dekabr 2021 Jamiyat
598 0

Foto: "Xalq so'zi"

Andijon viloyati Oltinkoʻl tuman markazi oʻz nomi bilan “Markaz” deb ataladi. Ushbu  MFYda “Zamonaviy koʻcha” dasturi asosida bunyodkorlik ishlari olib borildi. Natijada koʻchaning ikki yuzidagi barcha binolar taʼmirlandi, yangidan qurildi, piyodalar yoʻlagi paydo boʻldi va uning chetidan velosiped uchun maxsus yoʻlakcha ham ajratildi. 4 ta koʻchada koʻchat ekish, tungi chiroqlarni oʻrnatish bilan bir qatorda aholi uchun qulay sharoit yaratildi. Yaʼni xizmat koʻrsatish shoxobchalari, savdo doʻkonlari, ovqatlanish muassasalari tashkil etildi.

— Shukrlar boʻlsinki, mana shunday obod zamonni koʻradigan kunlarga ham yetib keldik, — deydi oltinkoʻllik  mehnat faxriysi Omina aya Sharopova. — Viloyat markazlariga havas qilib yashaydigan paytlar ortda qoldi. Mana, tumanimiz ham Andijon shahridan qolishmaydi. Agar yurtda obodlik hukm sursa, fuqarolar ham oʻzlarini madaniyatli his eta boshlar ekanlar. Qulay muhit, zamonaviy shart-sharoit farovon hayotimizni koʻrsatib turibdi.

Bu hali boshlanishi! Amalga oshirilgan ishlar endilikda keyingi mahallalarga koʻchadi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер