Obodda esayotgan obodlik nasimlari
Jahongir BOYMURODOV“Xalq soʻzi”. Chiroqchi tumanining Obod mahallasida Nuroniylar va maʼnaviyat maskani foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi masʼullari, mahalla ahli hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlangandek, Obod mahallasi tuman markaziga yondosh hududda joylashgan. Soʻnggi yillarda mahallada zarur infratuzilma tizimlari yanada yaxshilandi. Yangi ijtimoiy soha obyektlari, xizmat koʻrsatish tarmoqlari barpo etildi. Mahalla markazida eng zamonaviy andozalar asosida Nuroniylar va maʼnaviyat maskanining qurilib foydalanishga topshirildi.

— Bu maskan mahalladagi nuroniylar va yoshlarni bir joyga jamlaydigan tarbiya oʻchogʻiga aylanadi, — deydi tuman “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Hasan Rahmatov. — Bunday maskanlarning koʻpayishi mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarini sifatli tashkil etish, hududda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga erishishda juda katta ahamiyatga ega.
Maskan kutubxona, sogʻlomlashtirish zali, shaxmat-shashka klubi va yana bir qator qulayliklarga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring