“Obod mahalla” dasturi — amalda

22:10 27 Iyul 2021 Jamiyat
1321 0

Poytaxtimiz boʻylab “Obod mahalla” dasturi doirasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti. Bu odamlar hayotiga yangicha ruh olib kirmoqda, desak, xato boʻlmaydi. Bu jarayonlarda barcha vazirlik va tashkilotlar, fuqarolar faol ishtirok etayotir.

Birgina Shayxontohur tumanida Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan olib borilayotgan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlaridan oʻndan ortiq mahallalar fuqarolari minnatdor.

Kuni kecha uchinchi sektor tomonidan Shayxontohur tumanining 12 ta asosiy koʻchasi tartibga keltirildi, tozalandi. Obodlikka yoʻgʻrilgan ushbu ishlarga yuzlab hasharchilar hamda ellikka yaqin maxsus texnikalar jalb qilindi. Mahallalar hududi va koʻchalarga nihol va koʻchatlar oʻtkazildi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.

Qolaversa, hudud manzarasiga soya solib turgan eski va koʻrimsiz toʻqqizta noqonuniy qurilma hamda garajlar buzilib, 234 tonna chiqindi belgilangan joylarga olib chiqildi. Lotok va ariqlar tozalanib, 1409 kvadrat metr hajmdagi yoʻllarga asfalt yotqizildi.

Bu hali hammasi emas. Kommunal va boshqa sohadagi muammolar, jumladan, 14 ta koʻp qavatli uyning tom qismi kapital hamda joriy, yana 64 tasining fasad qismi taʼmirlandi. Ikki kilometr oqova suv tarmogʻi yangidan tortilib, besh kilometr masofada issiq suv tarmogʻi sozlandi.

Darvoqe, oldimizda bayramlar koʻp. Eng ulugʻ va eng aziz bayram — mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasini keng nishonlanadi. Buning uchun barcha zarur tayyorgarlik ishlari koʻrilyapti. Bayramni obod mahallalarda nishonlashga nima yetsin! Shayxontohur tumanidagi IIVga biriktirilgan mahallalarda avj pallaga chiqqan obodonlashtirish ishlari ham aynan istiqlol ayyomiga hozirlik, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер