“Ob-havo maʼlumotlariga kim ishonadi?” — “Oʻzgidromet” savolga javob berdi

00:35 03 Iyul 2021 Jamiyat
1304 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ob-havo maʼlumotlariga kim ishonadi?” qabilidagi savollarga “Oʻzgidromet” munosabat bildirdi.

"150-yildirki havo harorati Selyaninov budkasi ichiga oʻrnatilgan termometr koʻrsatkichlari yordamida aniqlanadi.

Havo harorati 2 metr yuqoriga oʻrnatilgan taxtali quticha ichidagi termometr koʻrsatkichlari yordamida oʻlchanadi. Bu quticha, «psixrometrik budka» yoki “meteorologik budka” ham deyiladi. Budka 1,75 metrli qoʻzgʻalmas, mustahkam temir tayanchlari ustiga oʻrnatiladi. Budka ichida vertikal koʻrinishdagi termometr (TM-4) lar havo harorati qiymatini koʻrsatsa, gorizontal holatdagi termometr (TM-1 va TM-2) lar sutka davomida kuzatilgan maksimal va minimal havo harorati qiymatlarini qayd etadi. Baʼzan budka ichiga havo nisbiy namligi oʻzgarishini aniqlab boruvchi uskuna ham joylashtiriladi.

Yoz oylarida havo haroratining inson oʻrtacha tana harorati (+36,6℃) dan yuqorilab ketishi kishilarda Ob-havo xizmatlari berayotgan yoki prognoz qilayotgan havo harorati qiymatlarida shubhali raqamlar koʻrsatayotgandek ishonqiramaslikni yuzaga keltiradi.

Havo harorati — bu, aynan 2 metr yuqoridagi atmosferadagi havoning haroratidir. Qandaydir, devorga ilingan yoki asfalt, temir darvoza ustidagi termometrdagi koʻrsatkich emas. Ular koʻrsatgan qiymat, havo haroratini bermaydi. Qizib turgan qandaydir jism sirtidagi haroratni koʻrsatadi. Havo harorati tushunchasi toʻgʻrisida boshqa oʻlchovlar bilan chalgʻimaslik va yanglish fikrlar yuritmaslik lozim" deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер