OAVda eʼlon qilingan tanqidiy materiallar boʻyicha qoʻpol qonun buzilish holati yuzasidan 29 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov maʼlum qildi.
Joriy yilning oʻtgan davrida Prokuratura organlari tomonidan oʻtkazilgan monitoringda jami 678 ta tanqidiy maqola aniqlanib, ular yuzasidan tegishli choralar koʻrilgan.
Shuningdek, tanqidiy materialni oʻrganish asosida 32 ta fuqaroning huquqlari tiklangan.
Davlat organlarining huquqiy hujjatlarini tizimli ravishda oʻrganish natijasida:
26 mingga yaqin qonunga zid hujjatlarga protest keltirildi, qonunbuzilishi sabablarini bartaraf etish borasida tegishli idoralarga 14 mingta taqdimnoma kiritildi;
640 mlrd. soʻm zararni undirish haqida sudlarga 15 mingdan ortiq arizalar kiritildi;
225 ming nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring