OAV: Hindiston ikki yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalarda COVID-19 vaksinasi sinovlarini boshlaydi
Hindiston oktabrdan boshlab ikki yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalarda koronavirusga qarshi "Covovax" vaksinasi sinovlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Times of India gazetasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, ikki yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalarda emlash sinovlari shu oyda boshlanadi.
Avgust oyida muassasa 7 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan 230 bolada va 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 460 oʻsmirda "Covovax" sinovlarini boshladi. Vaksina sinovlarining oktabr oyida boshlanishi, eng yosh bolalar guruhi vakillari uchun sinov dasturini kengaytiradi. Agar muvaffaqiyatli boʻlsa, 2022-yil boshida mamlakat bolalarni ommaviy emlashni boshlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring