Nyu-Yorkda Oʻzbekiston fuqarosi YTH oqibatida halok boʻldi
Nyu-Yorkda (AQSH) sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda mamlakatimizning ushbu shahardagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, baxtsiz hodisa 10-mart kuni yuz bergan.
“Mavjud maʼlumotlarga koʻra, hodisa Nyu-York Transport departamentiga tegishli yuk avtomobili ishtirokida sodir boʻlgan“, — deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona halok boʻlgan fuqaro N. K.ning oila aʼzolari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi va zarur konsullik-huquqiy yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring