Nyu-Yorkda kuchli portlash sodir boʻldi
Foto: Reuters
AQSHning Nyu-York shahrida Ruzvelt orolida portlash yuz berdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi.
Portlash toʻlqinining taʼsiri shu qadar kuchli boʻlganki, mahalliy aholi zilzila boshlandi deya sarosima tushgan.
Manbaga koʻra, portlashga elektr transformatoridagi nosozlik sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Voqea joyiga oʻt oʻchirish mashinalari va tez yordam mashinalari yetib kelgan.
Qurbonlar haqida maʼlumotlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring