Nyu-Yorkda 15 yoshli o‘zbekistonlik otib o‘ldirildi. Uning dafn marosimida Nyu-York meri ham qatnashdi

11:41 21 Iyul 2023 Dunyo
567 0

AQSHning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik muhojirlarning 15 yoshli o‘g‘li Faridun Mavlonov halok bo‘ldi.

Voqea 17 iyul, dushanba kuni tush vaqtida sodir bo‘lgan. Samarqandlik oilaning farzandi bo‘lgan Faridun Mavlonov yashash uyi yaqinida, 20 avenyuda otib o‘ldirilgan.

Hodisa haqida polisiyaga 911 raqamli orqali xabar berilgan va ular yetib borganda yigitni yaqin atrofdagi Maimonedes kasalxonasiga og‘ir ahvolda olib borishgan. Yigitning o‘limi 18 iyul, seshanba kuni qayd etilgan.

Qotil o‘q uzayotgan holat nazorat kamerasiga tushib qolgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 17 yoshli o‘smir Franklin Delano Ruzvelt oliy maktabi tashqarisida turgan yoshlarga qarata 7 marta o‘q uzgan. Tergov jarayonini boshqarayotgan detektiv Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, qotil aynan Faridunni nishonga olib o‘q uzmagan. Holat ko‘chadagi nazorat kamerasiga ham tushgan va unda qotil ko‘chada odam ko‘p bo‘lgan vaqtda o‘q uzgani ko‘rinadi.

Firdavs Mavlonov 12 yil avval o‘z oilasi bilan AQSHga ko‘chib ketgan. Ota hozirda sartaroshlik bilan shug‘ullanadi, marhum o‘g‘li ham bo‘sh vaqtida unga yordam berib turgan. Faridun dzyudo yakkakurashi bilan ham shug‘ullangan.

«Har kun qo‘rqinchliroq bo‘lmoqda. Bugun mening o‘g‘lim o‘ldi, ertaga boshqaning o‘g‘li o‘lishi mumkin», deydi marhumning otasi.

Yigitning dafn marosimi Nyu-York shahar meri Erik Adams ham ishtirok etgan. Yigitning otasi Firdavs Mavlonovning aytishicha, Faridunni ikki marta operasiya qilishgan, ammo qon ketishi to‘xtamagan. «O‘g‘limni hamma bilardi. Bolalarni o‘ldirishni bas qilish kerak, bu juda yomon. Iltimos, menga yordam bering», - degan marhumning otasi.

Detektiv Jeyms Essigning so‘zlariga ko‘ra, otishma sodir bo‘lishidan taxminan ikki soat oldin ikki guruh yoshlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Keyin ular uchrashib, orani ochiq qilishga kelishib olgan. Narigi guruhdagilar orasida esa otishmani sodir etgan 17 yoshli qotil ham bo‘lgan. U belgilangan joyga yetib borishganda to‘pponchasini chiqarib to‘g‘ri kelgan tomonga qaratib ota boshlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер