NYT: Eron AQSHdan kelajakda hujum qilmaslik boʻyicha kafolat talab qildi

22:12 24 Mart 2026 Dunyo
386 0

Eron vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishdan emas, balki toʻlaqonli tinchlik shartnomasi va kelgusida AQSH hamda Isroil tomonidan hujumlar qayta tiklanmasligi boʻyicha kafolatlar olishdan manfaatdor. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Daʼvo qilinishicha, Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ushbu talablarni AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan suhbatda bayon qilgan.

Ismi oshkor etilmagan Eron rasmiylarining soʻzlariga koʻra, Tehron, shuningdek, muayyan iqtisodiy sanksiyalarning bekor qilinishiga erishmoqchi. Operatsiya boshlanishidan oldin oʻtkazilgan muzokaralar davomida Amerika tomoni cheklovlarni yumshatish faqatgina Islom Respublikasi yadroviy dastur boʻyicha talablarni bajargan taqdirdagina mumkinligini bildirgan.

Bundan oldin AQSH Prezidenti Eronning energetika infratuzilmasiga berilayotgan zarbalarni toʻxtatish boʻyicha topshiriq berganini maʼlum qilib, soʻnggi ikki kun ichida Vashington va Tehron samarali muzokaralar oʻtkazganini va ular hafta davomida davom ettirilishini taʼkidlagan edi.

Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSH bilan bevosita muzokaralar olib borilganini rad etdi, biroq vositachilar orqali nizoni muloqot yoʻli bilan hal etish istagi aks etgan maktublar olinganini tasdiqladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер