Nursulton Roʻziboyev UFC bilan yangi shartnoma imzoladi
Foto: Getty images
Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Roʻziboyev UFC bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqida sportchi oʻzining Instagram sahifada maʼlum qildi.
Unga koʻra, bu galgi shartnomada sportchi promoushenda 4 ta jang oʻtkazishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Roʻziboyev eski bitim boʻyicha ham UFCʼda yana 1 ta jang oʻtkazadi.
2023-yil 1-iyul kuni tashkilotda debyut qilgan 30 yoshli oʻzbekistonlik sportchining tashkilotdagi natijalari hozircha 2-1, yaʼni u UFCʼda 3 ta jang oʻtkazib, 2 tasida gʻalaba qozongan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan.
Nursulton UFCʼdagi soʻnggi jangini amerikalik Xoakin Bakliga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga magʻlub boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring