Nurotalik chevarlar kashtasi rekordlar kitobiga kirsa, ajabmas
“Hunarmand” uyushmasining aʼzosi, “Shuhrat“ medali sohibasi kashtachi, Bahora Mamarajabova rahbarligidagi nurotalik kashtadoʻzlar shu kunga qadar eng yirik hisoblangan soʻzanani tayyorlab, rekord oʻrnatishdi. Buning uchun 100 metrni tashkil etuvchi alohida kashtali boʻlaklar bir-biriga ulanib, bir butun yaxlit polotnoga birlashtirildi.
— Koʻpchilik oʻzbek kashtachilik sanʼatini xalqaro miqyosda tanitgan hunarmand Madina Kasimbayevani yaxshi tanisa kerak, — deydi Bahora Mamarajabova. — Buyurtma va loyiha aynan M. Kasimbayevaning gʻoyasi. Uni jamoamiz toʻqqiz oy mobaynida tikib tugatishdi. Bu ishga dastlabki bosqichda sakson, keyingi uch oyida qirq chevarni jalb etdik.
Toshkentcha nusxadagi ushbu soʻzanaga qariyb 50 kg 100 foizli ingichka tola ipak ip ishlatilgan. Soʻzananing naqshlarini chizishning oʻziga esa naqd bir oy vaqt sarflandi.
Nurotalik chevarlarning mazkur kashtasi Ginnessning rekordlar kitobiga kirsa ajabmas.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring