Nurotada 55 yillik transformator demontaj qilindi
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatining Nurota tumaniga 1969-yilda yuqori kuchlanishli elektr energiyasi keltirilgan. Oʻsha paytdagi “Oʻzbekiston” podstansiyasi 110/35/10 kV quvvatga ega boʻlib, texnik jihatdan eskirgandi.
— Oʻttiz toʻqqiz yil shu sohada ishlagan boʻlsam, 14 yil Nurota tuman elektr tarmoqlari korxonasida boshliq boʻldim, — deydi mehnat faxriysi Hazratqul Shamsiyev. — 2000-yildan buyon ushbu podstansiya muntazam tashvish tugʻdirardi. Sababi, elektr energiyasiga ehtiyoj oshib, talabni koʻtarolmasdi.

Ayni paytda podstansiyada mavjud 16 000 kVAli kuch transformatorlar 2 ta quvvati 40 000 kVA boʻlgan yirik transformatorlarga almashtirish ishlari olib borilmoqda.
Eski transformatorlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ markaziy nimstansiya xizmati hamda xitoylik mutaxassislar tomonidan demontaj qilinib, yangi transformatorlarda montaj ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda. Maʼlumot oʻrnida, soʻnggi besh yilda hududda elektr energiyasiga boʻlgan talab qariyb ikki baravarga ortgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring