“Nuroniy”ning nuroniyga koʻmagi

16:51 24 Iyul 2019 Jamiyat
977 0

Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi 90 yoshli Mavlonbek Qurbonov 1-guruh nogironi. Oʻgʻli bilan atigi bir xonali uyda istiqomat qilib keladi. Otaxon doimiy qarovga muhtoj boʻlgani bois farzandi hamisha yonida. Bu esa, tabiiyki, ularning moddiy taʼminotiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Otaxonning pensiya puliyu, oʻgʻlining ancha-muncha topgan daromadi oziq-ovqat va dori-darmondan ortmadi. Bundan xabar topgan faxriylarni qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi xayrli ishga qoʻl urdi. Natijada bir oy muddat ichida otaxonning uyi yangitdan qurib berildi.

- Bundan nihoyatda xursandman,-deydi moʻysafidning oʻgʻli Orifjon Qurbonov. - Topganimiz kundalik ehtiyojdan ortmaganligi bois uyimizni taʼmirlashga ham imkonimiz yoʻq edi. Eʼtibordan minnatdormiz!

Jamgʻarma tomonidan viloyatdagi yakka-yolgʻiz, kam taʼminlangan nuroniylarning xolidan xabar olish, amaliy koʻmak berish ishlari davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер