Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi
Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.

— Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, — dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.

Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush uyalarini oʻrnatish ishlariga kirishdi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring