“Nurafshon” dahasida 310 xonadonli koʻp qavatli uylar qurilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyatining Rishton tumanidagi «Mamadali Topvoldiyev» MFY hududida zamonaviy shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida “Nurafshon” dahasida qurilish-bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda.

Ezgu tashabbus doirasida ushbu hududda 310 xonadondan iborat 9 ta koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda ushbu uylarning 5 tasi foydalanishga topshirish uchun tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 4 ta koʻp qavatli uyda qurilish ishlari olib borilyapti.
— Yangi uylarda milliy mentalitetimizga mos va xos boʻlgan qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda, — deydi Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Nozimxoʻja Oripov. — Oʻz navbatida bu yerda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etilib, anvoyi gulzorlar, manzarali daraxtlar xiyobonlari yaratiladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring