Nukusda ota oʻgʻlini bolta bilan chopib oʻldirmoqchi bo'ldi

18:52 17 Aprel 2020 Jamiyat
1183 0

foto by: Google

Nukusda ota uxlab qolgan oʻgʻlini oʻldirmoqchi bo'ldi. Bu haqda Bosh prokuratura “Xalq soʻzi”ga xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 15-aprel kuni soat 18:30 larda Nukus tumani Berdaq koʻchasida yashovchi 1987-yilda tugʻilgan A.K. (ishsiz) mast holda 1952-yilda tugʻilgan otasi J.K. bilan oʻzaro janjallashib, uni haqorat qilib, oʻldirish bilan tahdid qilgan.

Ota yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli oʻgʻlining uxlab qolganligidan foydalanib, xoʻjalik boltasi bilan oʻgʻlining chap tomon bosh va yuz qismiga urib, qasddan oʻldirishga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan J.K.ga nisbatan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan (u ushlangan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер