Nukusda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

13:22 20 Iyul 2022 Jamiyat
634 0

Foto: Xalq so‘zi

Ayni kunlarda mamlakatimizning yigirmadan oshiq vazirlik va idora-tashkilotlarining masʼul rahbarlaridan iborat ishchi guruh vakillari Nukus shahrida boʻlib turibdi. Toshkent shahridan tashrif buyurgan vazir oʻrinbosarlari va boshqa masʼullar hududdagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganib, ularni bartaraf etish, mahallalarni obodonlashtirish, bu yoʻnalishlarda amalga oshirish uchun yirik mablagʻ talab qilinadigan ishlarni “yoʻl xaritasi”ga kiritish jarayonida faollik koʻrsatmoqda.

Nukus shahridagi “Yoʻlchilar” mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari A.Mirzayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri A.Reymbayev hamda Qurilish vazirligining tegishli mutasaddilari aholi bilan uchrashdi hamda mahalla raisi boshchiligida koʻchalar kesimida qurilish va obodonlashtirishga doir vazifalarni taqsimlab olishdi.

— Xonadonbay oʻrganishlar natijasida aholi tomonidan qilingan murojaatlar tegishliligi boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarga yetkazilmoqda, —  deydi Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari A. Mirzayev. —  “Yoʻlchilar” mahallasida eng dolzarb muammo — bu yoʻllarning notekisligi, ayrim koʻchalarda hatto mashinalar harakatlanish imkoni ham yoʻq ekan. Hozirgi kunga kelib Suv xoʻjaligi vazirligiga biriktirilgan ushbu mahalladagi uylarning fasad qismlari boʻyalib, dastlabki obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Endilikda koʻchalarga qum-shagʻal yotqizish va kommunikatsiya tarmoqlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga kirishilyapti.

Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер