Nukusda “Nukus Agrominitex — 2020” koʻrgazmasi ochildi

13:44 18 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1109 0

Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligi texnika va texnologiyalarining “Nukus Agrominitex-2020” koʻrgazmasi tashkil etildi.

— Tadbirni tashkil qilishda koʻzlangan asosiy maqsad respublikaning barcha viloyatlaridagi qishloq xoʻjaligi sohasiga oid mini-texnika va texnologiyalarni, ishlab chiqarishga asoslangan tadbirkorlik subyektlarni koʻrgazmaga jalb qilish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasida agrosanoat sohasini rivojlantirishdir, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyasi rahbari M. Djumaniyazov. Buning natijasida ixcham, tejamkor agrotexnologiyalardan unumli foydalanib, ichki va tashqi bozorlarga chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlarini koʻpaytirish, aholini ish bilan taʼminlash imkoniyati oshadi.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida taʼkidlanganidek, hozirda 3560 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, ular orasida oʻz biznesini yaratishga harakat qilayotgan yoshlar va ayol qizlar soni ortmoqda. Bu kabi koʻrgazmalar ularga yangi hamkorlar topish va faoliyatlarini kengaytirishga zamin yaratishi shubhasiz.

Qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlar meva-sabzavot, parrandachilik, baliqchilik, chorvachilik, issiqxona, asalarichilik va boshqa shu kabi yoʻnalishlar boʻyicha oʻz mahsulotlari bilan ishtirok qilayotgan vakillar bilan muzokaralar oʻtkazib, dastlabki kundan qator shartnomalar imzolashga erishdilar. Agrosanoat komplekslari uchun ixtisoslashtirilgan mazkur koʻrgazma 27-noyabrgacha davom qiladi.

Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер