Nukusda nomaʼlum shaxslar 300 dan ortiq daraxt shoxlarini kesib tashladi
Foto: «Kun.uz»
Nukusda 300 dan ortiq daraxtning shoxlari kesildi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea Nukus-Taxtakoʻpir aylanma yoʻli boʻyida sodir boʻlgan. Daraxtlarning bir qismi kesilgan, shoxlari qiqartirilgan. Ayni paytda bu ishlarni qachon va qaysi tashkilot bajargani nomaʼlum.
Ekolog jurnalist Nargis Qosimovaning fikricha, daraxtlarni bunday kesish ularni asta-sekin yoʻq qilishi mumkin.
Ekologiya davlat qoʻmitasi matbuot kotibi Ulboʻsin Mirzanazarova vaziyat oʻrganilishi va natijasi rasman eʼlon qilinishini maʼlum qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring