Nukusda yer maydoni olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

15:13 07 Aprel 2023 Jamiyat
460 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmalari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ye.D. Nukus shahridagi “Sh.B.” bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 6 sotix yer maydonini fuqaro J.A.ga tanishlari yordamida rasmiylashtirib olib berish evaziga 73 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер