Noyabrning soʻnggi ish haftasida ob-havo qanday boʻlishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” noyabr oyining soʻngi ish haftasida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, ushbu kunlarda Oʻzbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Harorat kunduzi 13-18 daraja iliq atrofida boʻladi. Haftaning ikkinchi yarmida kelib harorat shimoliy va choʻl hududlarda 2-3 daraja ga pasayadi. Kechasi va ertalablari respublika hududining asosiy qismida 0-5 daraja iliq, shimolda 1-3 daraja gacha sovuq boʻladi. Sharqdan biroz mayin shamol esib turadi.
Toshkent shahrida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 3-5 daraja iliq, kunduzi 15-18 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring