«Novza» bekati yaqinida poyezd toʻxtab qoldi. “Toshkent metropoliteni” yoʻlovchilardan uzr soʻradi

19:24 28 Aprel 2021 Jamiyat
1560 0

Toshkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida toʻxtab qolganiga “Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ” ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Bugun soat 17:50 atrofida Toshkent metrosining Chilonzor yoʻnalishida “Milliy bogʻ” va «Novza» bekatlari oraligʻida harakatlanayotgan poyezd texnik sabablarga koʻra toʻxtadi. Barcha yoʻlovchilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Poytaxt metropoliteni alohida uchastkalarda bitta yoʻldan foydalangan holda faoliyatini davom ettirmoqda.

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi rahbariyati yoʻlovchilardan uzr soʻraydi va vaziyatni aniqlab olish uchun tezkor ravishda ishchi guruh tashkil etilganini maʼlum qiladi. Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka eʼlon qilinadi»,  deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер