Notarial harakatlar soni 30 foizga kamaydi

15:37 23 Iyul 2018 Jamiyat
2019 0
Illyustrativ foto

Jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish har qanday zamonaviy demokratik davlatning asosiy strategik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

Xo‘sh, notariat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samara beryaptimi? Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan turli mulk shaklidagi bitimlarni rasmiylashtirilishi taqozo etilayotgan bir paytda notariatning ahamiyati va o‘rni nimalarda aks etmoqda?

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi Yoqutxon Yusupova shunday munosabat bildirdi:

“Amalga oshirilgan notarial harakatlarni taqqoslar ekanmiz, quyidagi raqamlar ketma-ketligi barchamizni qiziqtirishi aniq. E’tibor bering: o‘tgan yilning birinchi yarim yilligida umumiy 3089195 ta notarial harakat amalga oshirilgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 2183263 tani tashkil etmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yilga nisbatan shu yilda notarial harakatlar soni 30 foizga kamaygan. Buni 52 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalarini olish amaliyoti bekor qilingani bilan bog‘lash mumkin.

Chunki, hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligini shahodatlash notarial harakati o‘tgan yil birinchi yarim yilligiga nisbatan shu yil birinchi yarim yilligida 82 foizga kamaygan. Ya’ni o‘tgan yil birinchi yarim yilligida 1252899 ta nusxa tasdiqlangan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida 234238 ta nusxa tasdiqlangan”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер