Norvegiya neft eksportidan rekord darajada daromad oldi

18:01 15 Aprel 2026 Dunyo
195 0

Norvegiya joriy yilning mart oyida neft eksportidan rekord darajada daromad olganini maʼlum qildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mamlakat bir oy davomida 57,4 milliard Norvegiya kronasi, yaʼni taxminan 5,2 milliard yevro miqdorida neft sotgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 68 foizga yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Mutaxassislar bunday keskin oʻsishni global energetika bozoridagi beqarorlik, xususan, Eron bilan bogʻliq geosiyosiy keskinliklar fonida neft narxlarining oshgani bilan izohlashmoqda.

AQSH prezidenti Donalʼd Tramp ushbu holatga munosabat bildirib, Buyuk Britaniyani oʻz neft qazib olish hajmini oshirishga chaqirgan. Oq uy rahbarining taʼkidlashicha, Yevropada jiddiy energiya tanqisligi kuzatilmoqda, biroq London Shimoliy dengizdagi konlarni faol oʻzlashtirishga shoshilmayapti.

Shuningdek, Tramp Norvegiya oʻz neftini Buyuk Britaniyaga ikki baravar qimmat narxda sotayotganini va bundan katta foyda olayotganini tanqid qilgan.

Maʼlumot uchun, Norvegiya hozirda Yevropaning eng yirik neft ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, Germaniya uchun asosiy yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadi. 2025-yil yakunlariga koʻra, Norvegiya Germaniya xom neft importining 16,6 foizini taʼminlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?