Norvegiya Falastin davlatini tan oldi
Foto: Reuters
Norvegiya hukumati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganini eʼlon qildi. Bu haqda NRK jamoat teleradiokompaniyasi xabar berdi. Shuningdek, Irlandiya va Ispaniya hukumati ham bugun Falastinni tan olishi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqi aʼzolari Irlandiya, Ispaniya, Sloveniya va Malta soʻnggi haftalarda mintaqada barqaror tinchlik oʻrnatish uchun ikki davlat asosidagi yechim zarurligini taʼkidlab, mamlakatni tan olish rejasini ochiqlagan edi.
Bu harakat Isroil kuchlari may oyida Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy qismlariga hujum uyushtirib, yuz minglab odamlarning koʻchib ketishi va yordam oqimini cheklab ocharchilik xavfini oshirgan pallaga toʻgʻri keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring