Norma ijodkorligi va parlament nazorati
Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi.
Qonun loyihasi bilan tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida, shuningdek viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hayʼatlarida taftish tartibida qayta koʻrib chiqish amaliyotini joriy etish nazarda tutilmoqda.
***
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan “Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bilan amaldagi qonunchilik hujjatlari “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtiriladi, toʻlovga qobiliyatsizlik holatidagi korxonalarga nisbatan sogʻlomlashtirish taomillarini qoʻllash orqali ularning faoliyatini tiklash samaradorligi oshadi.
***
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A. Inoyatovning “Sogʻliqni saqlash sohasiga oid islohotlarning amalga oshirilishi holati toʻgʻrisida”gi axborotini Qonunchilik palatasining majlisida eshitishni tashkil etishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Parlament axborot markazi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring