Noqonuniy foydalanib kelingan elektr energiyasi oʻrtacha 10,5 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi
“Oʻzenergoinspeksiya” va ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiyoʻl tumanida joylashgan “Spring Kolours Industriy” MCHJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonasi oʻzboshimchalik bilan elektr energiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulangan holda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Natijada 2,1 mln. kVt-soat hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 1,4 mlrd. soʻm qayta hisob amalga oshirildi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 10,5 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring