Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami taqdim etildi

13:56 17 May 2022 Jamiyat
663 0

Bugun, 17-may kuni Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami” taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, mamlakatda nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Ularning huquqlari himoyasi borasida koʻplab meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilmoqda. Respublikamizda bugungi kunda 70 mingdan ziyod nogironligi boʻlgan shaxslar mavjudligini inobatga olsak, imkoniyati cheklangan yoki nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan huquqiy axborotlar bilan tanishishda biroz qiyinchilikka duch kelmoqda edi. Adliya vazirligi tomonidan manzilli targʻibot yoʻnalishida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Taʼkidlanishicha, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari, qulay mehnat shartlari, ijtimoiy himoya masalalari, shu bilan birga ularning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari oʻz ifodasini topgangan ushbu toʻplam nogironligi boʻlgan shaxslarga oʻz huquqlarini oʻqib oʻrganishlariga yordam beradi. Hozircha 5000 nusxada chop etilgan mazkur toʻplamda shaxslarning huquqlariga oid 11 ta qonun hujjatlaridagi normalar jamlangan.Tadbirda toʻplam mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan taqdimot ham boʻlib oʻtdi.

Ushbu tayyorlangan toʻplamning yana bir afzallik tomoni shundaki, koʻzi ojiz va kitob varaqlashga imkoniyati boʻlmagan shaxslar uchun audio disklar ham qoʻshib tayyorlandi.

Taqdimot yakunida yangi toʻplam tadbir ishtirokchilariga hamda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyatiga, Karlar jamiyatiga Oʻzbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasiga, Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar va nogironlarning “Umid” xayriya Jamoat birlashmasiga, “Inklyuziv hayot” nogironlar jamoat birlashmasiga va boshqa tashkilotlarga begʻaraz taqdim etilib, yetkazildi.

Maʼlumot uchun, oʻtgan yili vazirlik qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi qonun mamlakatimizda ilk bor brayl alifbosida nashr etilgan edi.

Ilk bora yaratilgan mazkur toʻplamning Brayl alifbosida chop etilganligi nogironligi boʻlgan xususan, koʻrish qobiliyati cheklangan shaxslarga oʻz huquqlarini oʻrganishga boʻlgan imkoniyatini yanada kengaytirdi.Toʻplamda ushbu toifadagi shaxslarning qonunchilikda belgilangan shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlarini kafolatlaydigan normalar qamrab olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер