NKMK Sardobada ming kishiga osh tortdi

19:30 22 Iyun 2020 Jamiyat
1246 0

Toshqin tufayli zarar koʻrgan Sardoba tumanidagi keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlarida Navoiy viloyatining quruvchilari ham ishtirok etishmoqda. Ayni paytda ular Sardoba tumanining “Qoʻrgʻontepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 175 ta uy-joyni qayta taʼmirlab, ushbu ofatdan aziyat chekkan aholi qalbiga ezgulik, birdamlik kabi tuygʻularni olib kirishmoqda. Albatta, bunday paytlarda ishlayotganga horma, deganning oʻzi katta madad.

Kuni kecha Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyati tashabbusi bilan ushbu hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga oʻzlarining beqiyos hissalarini qoʻshib kelayotgan navoiylik vakillar holidan xabar olinib, ular uchun hashar oshi milliy taomimiz boʻlgan palov tayyorlanib, tarqatildi.

NKMK Matbuot markazining xabar berishicha tadbir karantin va sanitariya gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshirilgan.

Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер