Nigeriyada zavod portlashi oqibatida kamida 100 kishi halok boʻldi
Illyustrativ foto
Nigeriya janubidagi noqonuniy neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 100 kishi halok boʻlgan. Bu haqda “Associated Press” axborot agentligi xabar bermoqda. Manbaga koʻra, ushbu hodisaga aloqador ikki kishini qidirilmoqda.
“Biz hukumatdan yordam berishini talab qilamiz. Agar biz yaxshi pul topib, yaxshi yashasak, hech kim bunday noqonuniy ish bilan shugʻullanmaydi. Chunki bu hayot uchun xavfli”, deydi mahalliy aholi vakili Chukvudi Okechukvu.
Xabarda korxona aynan qanday ish bilan shugʻullanganiga izoh berilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring