Nigeriyada bino qulashi oqibatida 100 ga yaqin odam vayronalar ostida qoldi
Nigeriyaning Lagos shahrida 22 qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Guvohlarning aytishicha, bino qulagan vaqtda 100 ga yaqin quruvchi ish joyida boʻlgan. Hodisadan soʻng quruvchilarning bedarak yoʻqolganligi aytilmoqda.
Qutqaruvchilar 3 ta odamni vayronalar ostidan olib chiqishga erishgan va ular kasalxonaga yotqizilgan.
Lagos shtati hukumati binoning qulashi boshqa binolarga zarar yetkazmaganligini maʼlum qildi.
Afrikaning eng gavjum mamlakati boʻlgan Nigeriyada binolar qulashi tez-tez sodir boʻladi, chunki qurilish qoidalariga amal qilinmaydi va sifatsiz xomashyolardan foydalaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring