Nigeriya olimpiya jamoasi aʼzosi Tokioda kasalxonaga yotqizildi

20:33 16 Iyul 2021 Dunyo
1021 0

Foto: Reuters

Koronavirus tashxisi qoʻyilgan Nigeriya olimpiya terma jamoasi aʼzosi Tokioda kasalxonaga yotqizildi.

Asahi TV xabariga koʻra, bu xorijiy terma jamoa aʼzosining kasalxonaga yotqizilishi bilan bogʻliq birinchi holat hisoblanadi. Undan Narita aeroportida olingan test natijasi ijobiy chiqqan va darhol kasalxonaga joʻnatilgan.

Maʼlum qilinishicha, virus aniqlangan odam 60-65 yosh atrofida va surunkali kasalliklarga bilan ogʻrigan. Shunday boʻlsada, unda koronavirus yengil oʻtayotgani aytilmoqda.

Yaponiya poytaxtida yozgi Olimpiada oʻyinlari 23-iyul — 8-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar Tokio va mamlakatning yana uchta shahrida tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер