Andijonda dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan ilk sihatgoh foydalanishga topshirildi

15:20 13 Iyul 2018 Jamiyat
4332 0
Foto: Xalq so'zi

Andijon viloyati hududida dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan “Xonobod” sihatgohi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur sihatgoh Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshiriqlariga asosan, juda qisqa fursatlarda barpo etildi. Qurilish va obodonlashtirish ishlariga 800 nafardan ortiq ishchi-xodim ham mutaxassislar jalb etilgani, kerakli materiallar o‘z vaqtida yetkazib berilgani tufayli viloyatda ko‘rkam majmua qad rostladi. Barcha tashkiliy chora-tadbirlar “GM Uzbekistan” tomonidan amalga oshirildi.

Foto: Xalq so'zi

Sihatgohning umumiy maydoni 10,5 gektardan iborat. Bu yerda maroqli hordiq chiqarish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Xususan, zamonaviy sport maydonlari, suv havzalari, internet tizimi, bolalar maydonchalari dam oluvchilar ixtiyorida.

Foto: Xalq so'zi

Eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalar bilan jihozlangan muassasa yuqori va quyi nafas organlari, harakat-tayanch, asab tizimi kasalliklarini davolashga ixtisoslashtirilgan. Bu yerda 130 dan ortiq malakali xodim mehnat qilayotgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 200 nafar kishi sog‘lig‘ini tiklash imkoniyati mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер