Netflix Uill Smit ijrosidagi filmlarni qaytarmoqda
Mashhur Netflix kinokompaniyasi aktyor Uill Smit ijrosidagi yangi kinoloyihalardan voz kechmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati kinonews.ru xabariga tayanib maʼlum qildi.
Aktyor bosh rol ijro etishni rejalashtirgan “Fast and Loose” kriminal dramasi kompaniya toʻxtatgan loyihalardan biridir.
Filmda Uill Smit xotirasini yoʻqotgan jinoiy guruh rahbari sifatida gavdalanadi. Kompaniya ijodiy jamoa bilan ishlashni davom ettirishi hozircha nomaʼlum.
Avvalroq, aktyor ishtirokidagi “Bad Boys 4” jangari filmini yaratish boʻyicha ham ishlar toʻxtatilgan edi. Yana shuningdek, ishlab chiqarishgacha boʻlgan bir qancha boshqa loyihalar xuddi shunday vaziyatga duch kelishi mumkin.
Maʼlumot uchun, 1-aprel kuni Smit akademiyadan isteʼfoga chiqqanini maʼlum qilgan edi. U buni “Oʻzgarish vaqt talab etadi” deya izohlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring