Neyroxirurgiya markaziga yangi direktor tayinlandi — SSV

13:05 07 Fevral 2023 Jamiyat
578 0

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Mirazimov Doniyor Batirovich Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi D. Mirazimov professional faoliyatini aynan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. Shundan keyin ushbu muassasada shifokor-neyroxirurg, bosh shifokor boʻlib ishlagan.

Bundan tashqari, D. Mirazimov Sogʻliqni saqlash vazirligida bosh boshqarma boshligʻi, Vazirlar Mahkamasida shoʻba mudiri kabi masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.

U 2020-yildan beri 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер