Neymar Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasiga o‘tadigan bo‘ldi
Foto: Instagram/NeymarJr
Braziliya va Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Futbolchi ayni vaqtda Saudiya Arabistoni klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Tomonlar 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olishdi. Unga ko‘ra, Neymar yiliga 80 mln yevro maosh oladi. Shartnomani bir yilgacha uzaytirish imkoniyati ham bor.
Futbolchi transferi uchun Saudiya klubi parijliklarga 90 mln yevro to‘laydi. Bonuslar evaziga bu kelishuv 120 mln yevrogacha o‘sishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring