Nega bolalarimizni repetitorga beramiz?

15:16 13 Oktyabr 2021 Jamiyat
912 0

Bugun yurtimizdagi ko‘plab ota-onalarni o‘ylantirayotgan bu savol zamiridagi haqiqatlarni har kim turlicha talqin qiladi. Afsuski, ro‘zg‘oridan, oiladagi kam-ko‘stlardan orttirib, farzandi kelgusida oliy taʼlim muassasasiga kira olishi uchun uni pul to‘lab qo‘shimcha mashg‘ulotlarga, repetitorlarga yo‘naltirayotgan ota-onalarning safi kengaysa kengaymoqdaki, kamaygani yo‘q.

Xo‘sh, bu maktablarimizda taʼlim sifatining qoniqarli emasligidan dalolatmi yoki o‘quvchi bilan yakka tartibda ishlash usuli baribir yaxshi natija berishining isbotimi?

-Har qanday sharoitda ham o‘quvchi maktabda olgan taʼlimidan qoniqishi kerak,-deydi Izboskan tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabi direktori o‘rinbosari Dildora To‘xtanazarova. – Agar odatiy darslardagi taʼlim darajasi ularni qoniqtirmayotgan bo‘lsa, biz, o‘qituvchilar repetitorlik faoliyati asosida qo‘shimcha dars o‘tishga majburmiz.

Darvoqe, Dildora kabi o‘z kasbining fidoyilari tashabbusi bilan ushbu maktabda bepul repetitorlik mashg‘ulotlariga asos solindi. Unga, shuningdek, yaqin hududlardagi 21- va 32-umumtaʼlim maktablarining tajribali o‘qituvchilari ham jalb etildi. Natijada DTM bilan xamkorlikda blok testlar olinib, maktab bitiruvchilarini maqsadli, yani to‘g‘ri yunalish tanlashiga ko‘maklashilmoqda. Bu xayrli ish o‘quvchilar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochish bilan bir qatorda maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga jalb qilishda muvaffaqiyatli tajriba bo‘lishi shubhasiz.

Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер