Nega 90 ming abituriyentning arizasi rad etildi?
Foto: abiturtest.uz
Oliy taʼlim muassasalariga imtihonlari uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning 805 ming 688 nafari test sinovlarida ishtirok etish shartlarini toʻliq bajargan. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qildi.
Agentlik maʼlumotiga koʻra, jami 894 ming 279 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan va roʻyxatdan oʻtish talablarini toʻliq bajargan 805 ming 688 nafar abituriyentga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarning 52,4 foizini xotin-qizlar, 47,6 foizini erkaklar tashkil qiladi. 60,7 foiz abituriyent esa test sinovida ishtirok etish uchun belgilangan toʻlovdan ozod etilgan.
Shuningdek, agentlik doimiy yashash hududi boʻyicha eng koʻp roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar boʻyicha ham maʼlumot ham berildi. Unga koʻra, eng koʻp Samarqand viloyatida 95 ming 979 nafar, Qashqadaryo viloyatida 92 ming 636 nafar, Fargʻona viloyatida 79 ming 808 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.
Avvalroq, ijodiy imtihonlar qachon oʻtkazilishi maʼlum qilingandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring