Neft va gaz obyektlari joriy mavsum uchun tayyor holatga keltirildi

13:03 01 Yanvar 2024 Jamiyat
247 0

“Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarma va korxonalarni 2023/2024-yillar qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar oʻz nihoyasiga yetdi.

Obyektlarni uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun asosiy muhandislik kommunikatsiyalari, texnologik asbob-uskunalar, ijtimoiy soha va uy-joy fondlari taʼmirlandi.

Shuningdek, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash obyektlaridagi mavjud siquv kompressor stansiyalaridagi 51 ta gaz haydash agregatida reglament ishlari bajarildi va 9 ta dvigatel kapital taʼmirlandi.

Isteʼmolchilarni mavsum davomida suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash uchun “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda oylar kesimida jadvallar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini isteʼmolchilar va iqtisodiyot tarmoqlariga oʻz vaqtida yetkazib berish maqsadida zarur miqdorlarda zaxiralar yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер