Neft bazasida qiymati 8 mlrd. 203 mln. soʻmlik dizel yonilgʻisida kamomad aniqlandi

08:51 23 Oktyabr 2023 Jamiyat
244 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, “Oʻzenergoinspeksiya” Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan “Taxiatosh neft bazasi” MCHJda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr (8 mlrd 203 mln soʻmlik) dizel yonilgʻisida kamomad mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер