Navoiyga taʼzim
“Xalq soʻzi” gazetasi bosma va onlayn nashrining doimiy hamkor mualliflaridan biri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumayev oʻzining tahliliy maqolalari, dolzarb chiqishlari bilan oʻquvchilarimiz mehrini qozongan. Eʼtiborlisi, deputatimiz nazmda ijod ham turar ekanlar. Xususan, 1991-yil Mir Alisher Navoiy tavalludining 550-yilligiga bagʻishlab yozgan sheʼrini biroz tahrir qilib, bizga joʻnatibdi. Samimiyat va cheksiz faxrga yoʻgʻrilgan ijod mahsulini sizga ham ilindik.
Navoiyga taʼzim
Ota – bobom avlodi – ulugʻ Navoiy,
Barcha xalq bobosiga aylanding.
Asrlar oʻtarkan, yosharib mangu –
Sheʼriyat sultoni etib saylanding.
Dostonlaring dastur boʻldi olimlarga,
Haq soʻzlaring keskir qilich zolimlarga.
Sen yaratgan ona tilni kimki buzar
Uyat bunday yurtdosh eru–xonimlarga.
Besh yuz sakson yil hali muddatmi bu
Gʻazallaring yangrar asri oldinda–ku!
Zanjirband til zanjirini axir uzdi,
Kuylamoqni boshlar xalqim – paymoni shu.
Meros etib, sen qoldirgan sheʼru gʻazal,
Inson ruhin koʻkka undab yangrar azal.
Zamonaning sadosi bor har baytingda
Xuddi kecha yozilgandek mos va tugal.
Dono-dono hikmatlaring dur-javohir,
Farhodlaring mardlar ichra eng bahodir
Buyukliging oldida xoʻp taʼzim etib,
Sheʼring uqib, ruhingni shod etar Nodir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring