Navoiydagi savdo markazida yirik yongʻin sodir boʻldi
Videodan kadr
Navoiy viloyati Karmana tumanidagi savdo majmuasida yirik yongʻin yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 6-may kuni soat 05:15 da Karmana tumani “Argʻun” MFYda joylashgan savdo majmualarining birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida “112” tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida majmuaning 200 kv.m maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, alangani bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan-jarohati olmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring