Navoiyda joylashgan “Navoiy azot” laboratoriyasida portlash sodir boʻldi (+video)

16:06 11 Mart 2025 Jamiyat
281 0

Bugun, 11-mart kuni Navoiy viloyatida joylashgan “Navoiy azot” aksiyadorlik jamiyatida gaz-havo aralashmasining chaqnash hodisasi sodir boʻldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Maʼlum qilinishicha, soat 14:10 da Navoiy shahri Navoiy koʻchasida joylashgan “Navoiy azot” aksiyadorlik jamiyatining 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy bergan. Chaqnash oqibatida yongʻin kelib chiqqan.

Voqea joyiga yetib borgan yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yongʻin soat 14:20 da qurshab olingan hamda 14:50 da toʻliq oʻchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu portlash oqibatida 1 nafar fuqaro halok boʻlgan va 11 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Hozirda jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilayotgani maʼlum qilindi.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер