Navoiyda “Zarafshon” daryosiga choʻmilish uchun kelgan erkak choʻkib ketdi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 16-iyul kuni soat 13:47 da Navoiy viloyati FVBga Karmana tumani IIBdan Navoiy shahar “Tinchlik” MFYda yashovchi 32 yoshli fuqaro Karmana tumani «Kattamachid» MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Zarafshon” daryosiga choʻmilish maqsadida suvga tushib oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida choʻkib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan suvda qidiruv ishlari natijasida fuqaroning jasadi soat 17:00 da choʻkkan joyidan taxminan 10 metr uzoqlikdan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.
Taqiqlangan joylarda choʻmilish hayot uchun xavfli ekanligidan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan choʻmilish qoidalariga qatʼiy rioya etishni soʻrab qoladi, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring