Navoiyda yangi gazeta tashkil etildi

14:55 05 Fevral 2025 Jamiyat
518 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Bugungi kunda moddiy naf koʻraman degan kishi gazeta faoliyatini yoʻlga qoʻyishni oʻylamasa ham kerak. Masalaning maʼnaviy-maʼrifiy jihati koʻpchilikni oʻylantirmayotganligi bor gap. Aks holda bosma nashrlar mushtariylarining aholi umumiy soniga nisbatan ulushi foiz hisobida bir xonali raqamga joy boʻlmasdi. Ana shu ulush ichida shoir Bektemir Pirnafasov ham bor ekan, “Navqiron Navoiy” gazetasiga asos solibdi.

— Bugungi kun axborot makonida bosma nashrlar elektron OAVlari va ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlashishi mushkul, — deydi B. Pirnafasov. — Lekin mavzuning tahlili jihatidan gazeta va jurnallarning oʻrnini ular bosolmaydi. Ushbu ishga qoʻl urar ekanmiz, eng avvalo, mana shu jihat faoliyatimizda ustuvorlik kasb etadi. Uning sahifalaridan eskirmaydigan mavzular oʻrin egallaydi.

Yangi gazeta bugungi kunda sakkiz yuz nusxa adad bilan chop etilmoqda. Mavzular rang-barang. Aynan shu jihat uning mushtariylari soni yaqin orada ortishini taʼminlasa, ajab emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер