Navoiyda toʻrtta MFY yangi binosi foydalanishga topshirildi

15:29 21 Dekabr 2022 Jamiyat
595 0

Foto: Xalq so‘zi

Nihoyasiga yetayotgan “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” dasturi doirasida ushbu binolarning ikkitasi Navoiy shahri (“Mustaqillik” va “Umid” MFY)da barpo etilgan boʻlsa, ikkitasi Gʻozgʻon shahri (“Guliston” va «Shayxon» MFY)da qad rostladi.

Tashqi koʻrinishidan bir-birini takrorlamaydigan mahalla idoralarida xodimlar va aholi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

— Aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish mahalla faollari faoliyatining bosh mezoniga aylanishi kerak, — deydi Navoiy viloyat mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Shabon Nabiyev. — Shu maqsadda mamlakatimizda mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti kuni kecha Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida ham mahalla qadim-qadimdan tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, maʼrifat va tarbiya qoʻrgʻoni boʻlib kelganini, bundan buyon davlat investitsiya dasturlari mahalla darajasiga tushirilishini taʼkidladi. Har bir mahalla oʻzining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega boʻlishi zarurligi, oʻzining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning oʻzida qolishi qayd qilindi. Bularning barchasidan koʻzlangan maqsad mamlakat taraqqiyotining muhim bosqichida, avvalo, mahalla institutining faoliyatini yanada takomillashtirish va nufuzini yanada yuksaltirishdan iboratdir.

MFY yangi binolarining ochilishi marosimi bahonasida mutasaddilar har bir mahallada aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazib, ularni tashvishga solayotgan muammolarni yaqindan oʻrgandilar.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер