Navoiyda tadbirkor qariyb 2 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirladi

16:18 14 Aprel 2026 Jamiyat
165 0

Uchquduq tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Navoiy viloyatida Bosh prokuratura shtabi bilan hamkorlikda nazorat tadbiri oʻtkazilgan.

Unda Uchquduq tumanida joylashgan “I.” MCHJga qarashli binoda hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh qilingan.

Mazkur qoidabuzarlik natijasida, gaz taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, 1 milliard 985 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер