Navoiyda “Mexrik” laqabli jinoiy guruh aʼzosi va uning sheriklari qoʻlga olindi

17:46 09 Dekabr 2023 Jamiyat
449 0

Avval xabar berganimizdek, Navoiy viloyatida “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir doirasida huquq tartibot organlari tomonidan “Mexrik” laqabi bilan tanilgan, 1991-yilda tugʻilgan, Allayorov Mexriddin Muzaffarovich, 1995-yilda tugʻilgan Turayev Umid Shuxratovich va ularning 8 nafar jinoiy sheriklari qoʻlga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Navoiy viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolarni viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlarini soʻraydi. Maʼlumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер